YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 1046Bilet 53Buyuruvchi belgilar

Qaysi yo'nalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Qaysi yo'nalishda harakatlanish taqiqlanadi?
  1. Faqat chapga4.1.6 belgisi o'ngga ham, chapga ham harakatlanishga ruxsat beradi, shuning uchun bu yo'nalish taqiqlanmagan. Faqat to'g'riga harakatlanish taqiqlanadi.
  2. O'nga, chapga va orqaga qayrilib olishgaO'ngga va chapga harakatlanishga belgidagi ko'rsatkichlar ruxsat beradi, chapga burilish esa qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Faqat to'g'riga yurish taqiqlangan.
  3. Chapga va orqaga qayrilib olishgaBelgi chapga burilishga, u bilan birga qayrilib olishga ham ruxsat beradi, shuning uchun bu manevrlar taqiqlanmagan. Faqat to'g'riga harakatlanish taqiqlanadi.
  4. Faqat to'riga

Tushuntirish

YHQ 1 ilova: 4.1.6. “Harakatlanish o'ngga yoki chapga”. Faqat belgilarda ko'rsatilgan ko'rsatkichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo'nalishiga tegishli ko'rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo'llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta'siri yo'nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo'l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining ta'siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta'siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

YHQ testini bepul yechish