Qizil avtomobilning haydovchisi miltillovchi chiroq-mayoqchali va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganda nima qilishi kerak?
- Harakat bo'lagini o'zgartirmasdan to'xtashi va majburiy to'xtash chiroqlarini yoqishiJoyida to'xtab, avariya chiroqlarini yoqish shart emas. Maxsus transport erkin o'tishi uchun yo'l berish kerak, yo'l o'rtasida to'xtash esa unga xalaqit berishi mumkin.
- Tezlikni pasaytirishi va boshqa qatorga o'tish bilan bog'lik keskin manyovrlarga yo'l qo'ymasdan harakatni davom ettirishiTezlikni pasaytirib, qatorni o'zgartirishning o'zi yetarli emas: haydovchi mayoqcha va ishorali maxsus transportga yo'l berishi shart. Unga o'tish imkonini bermay harakatni davom ettirib bo'lmaydi.
- Yo'l berishi
Tushuntirish
YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.