Ushbu vaziyatda siz:
- To'xtamasdan harakatni davom ettirishingiz mumkinSvetofor oldida to'xtash chizig'i yoki 5.33 belgisi bo'lsa, har bir svetofor ishorasiga amal qilish kerak. Yashil ishorada kirgan bo'lsangiz ham, keyingi svetofor taqiqlasa, to'xtamasdan davom etib bo'lmaydi.
- Belgi oldida to'xtashingiz va svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutishingiz kerak
Tushuntirish
YHQ 15-bobi 102-bandi: Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat'i nazar, belgilangan yo'nalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanayotgan yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 yo'l belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.