Harakat tezligi ikki marta oshganda, tormozlanish yo'li necha marta ortadi?
- Tormoz yo'li harakat tezligiga bog'liq emasTormoz yo'li tezlikka bevosita bog'liq: qancha tez yursangiz, to'xtash yo'li shuncha uzun. U tezlik kvadratiga mutanosib.
- Uch martaUch marta emas: tormoz yo'li tezlik kvadratiga mutanosib, tezlik ikki baravar oshsa 2² = 4, ya'ni to'rt marta ortadi.
- To'rt marta
- Ikki martaFaqat tezlikning o'zi ikki baravar oshadi, tormoz yo'li esa uning kvadratiga mutanosib. Shuning uchun u ikki emas, to'rt marta ortadi.
Tushuntirish
Tormoz yo'li kattaligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: 5=ke*va^2/2gp bunda S - tormoz yo'li; ke – avtomobilning ushbu yo'lda mumkin qadar haqiqiy sekinlashishi nazariy sekinlashishdan necha barobar kamligini ko'rsatuvchi tormozlanish samaradorligi koeffitsienti; va – avtomobil harakatining boshlang'ich tezligi; р - shinaning yo'l bilan tishlashish koeffitsienti. Ushbu formuladan ko'rinadiki, tormoz yo'lining kattaligi tormozlanishdan avval harakatlanayotgan avtomobil tezligi kvadratiga nisbatan mutanosibdir. Shu bois harakat tezligi ikki barobar ko'paysa, tormoz yo'li to'rt barobar ko'payadi.