Yo'lning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa o'qi yon tomonga sirpanayotganda siz qanday harakat qilasiz?
- Gaz pedalini ko'proq bosib, avtomobilni rul chambaragini o'zgartirmasdan sirpanishdan olib chiqasizGazni keskin bosib, rulni o'zgartirmaslik xavfli: old g'ildiraklar yo'lni ushlashini yo'qotadi, avtomobil nafaqat sirpanadi, balki yon tomonga siljib ketishi ham mumkin. Gaz ohista bosiladi, rul to'g'irlanadi.
- Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilni rul chambaragini to'g'irlab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
- Tormozlab turib rul chambaragini sirpangan tomonga burasizSirpanish paytida tormozlash xavfli: g'ildiraklar qotib, qolgan ilashuvni ham yo'qotadi. Tormoz bilan birga rulni burish vaziyatni yomonlashtiradi.
- Gaz berishni kamaytirib rul chambaragi bilan boshqaruvni barqarorlashtirasizGazni kamaytirish orqa g'ildiraklarning ilashuvini oshirmaydi, sirpanish davom etadi. Shuning uchun gaz ohista bosiladi va rul bilan yo'nalish to'g'irlanadi.
Tushuntirish
Oldingi uzatmali avtomobillar orqa uzatmali avtomobillardan yetarlicha farq qiladi. Bu farqni avtomobil boshqaruvida e’tiborga olish kerak. To'g'ri yo'lda yuqori tezlikda harakatlanishda orqa yetaklovchi avtomobilga nisbatan yonga siljish extimoli kam. Biroq nam qoplamali burilishlarda avtomobil boshqarish texnikasiga rioya etilmasa, nafaqat yonga sirpanish balki avtomobil barcha g'ildiraklarining yonga siljishi va yo'l-transport hodisalari kelib chiqishi ehtimoli mavjud.