YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 851Bilet 43Xavfsiz boshqarish asoslari

G'ildiraklarni yo'l bilan ilashishi yo'qolganda (kuchli yomg'ir, sel yoki suv toshgan yo'l qismlari) haydovchi:

  1. Tezlikni oshirishi lozimSuvda sirpanishda tezlikni oshirish xavfli: g'ildiraklar suv ustida yanada ko'proq «suzib» qoladi va avtomobil rul hamda tormozga butunlay bo'ysunmay qo'yadi.
  2. Tormoz tepkisini keskin bosish bilan tezlikni kamaytirishi lozimIlashish yo'qolganda tormozni keskin bosish g'ildiraklarni qotirib, sirpanishga va boshqaruvni yo'qotishga olib keladi. Tezlikni dvigatel bilan tormozlab, bir tekis kamaytirish kerak.
  3. Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim

Tushuntirish

Suvda sirpanish kuchli yomg'ir, sel yoki suv toshgan yo'l qismlarida sodir bo'ladi bu holda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida avtomobilni dvigatel bilan tormozlash yaxshi samara beradi. Bahorgi, kuzgi yomg'irlar va suv toshgan yo'lning pastqam qismlarida harakatlanishda yuqoridagi usulda tomozlash tavsiya etiladi.

YHQ testini bepul yechish