Avtomobillarga qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Qizil avtomobilga - to'g'riga, ko'k avtomobilga - to'g'riga va chapgaKo'k avtomobilga bir vaqtda to'g'riga va chapga yurish mumkin emas: uning qatori chetki chap qator, chapga burilish va qayrilib olish uchun. To'g'riga qizil avtomobil ketadi.
- Qizil va ko'k avtomobilga - to'g'rigaKo'k avtomobil chetki chap qatorda, shuning uchun chapga yoki qayrilib olishi kerak. To'g'riga yurishga bu yerda ruxsat yo'q.
- Qizil avtomobilga – to'g'riga, ko'kka - chapga va qayrilib olishga
Tushuntirish
YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo'laklar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi. Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yo'lning chetki chap qatorida harakatlanish taqiqlanadi.