Ushbu yo'l belgisi ta'sir oralig'ida sizga odam tushirish (chiqarish)ga yoki yuk ortish (tushirish)ga ruxsat etiladimi?
- Ha
- Yo'qYo'lovchi tushirish yoki chiqarish va yuk ortish yoki tushirish uchun to'xtashga ruxsat. 3.28 belgisi faqat to'xtab turishni, ya'ni shu maqsadlarsiz 10 daqiqadan ortiq to'xtashni taqiqlaydi.
Tushuntirish
YHQ 1 ilova: 3.28. «To'xtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. To'xtab turish — transport vositasiga yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog'liq bo'lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko'proq vaqtga atayin to'xtatish.