YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 753Bilet 38Tashqi yoritish asboblari

Qaysi hollarda Sizga harakatni davom ettirish taqiqlanadi, hatto ta'mirlash ustaxonasiga ham, agarda faralar va orqa gabarit chiroqlar nosoz bo'lsa?

  1. Kunning qorong'u vaqtidaKunning qorong'i vaqti faqat bitta shart. Fara va gabarit chiroqlar yonmasa, ko'rinish yetarli bo'lmagan sharoitda, masalan tumanda yoki kuchli yomg'irda ham harakatlanish taqiqlanadi.
  2. Har ikki sanab o'tilgan holda
  3. Faqat yetarlicha ko'rinmaslik sharoitidaYetarlicha ko'rinmaslik faqat bitta shart. Taqiq kunning qorong'i vaqtida ham amal qiladi, shuning uchun faqat yomon ko'rinish bilan cheklab bo'lmaydi.

Tushuntirish

YHQ 2-bobi 12-bandi: Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo'lgan, sutkaning qorong'i vaqtida yoki ko'rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg'ir yoki qor yog'ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.

YHQ testini bepul yechish