Qaysi transport vositalariga harakatlanish ruxsat etiladi?
- Yashil, ko'k va qora avtomobillargaQora avtomobil tartibga soluvchining o'ng yoni tomonida turibdi, unga harakat taqiqlangan. Yashil va ko'kka mumkin, lekin qora bilan javob noto'g'ri.
- Qizil, sariq va yashil avtomobillargaSariq avtomobil tartibga soluvchining orqa yoki o'ng yoni tomonida, unga harakatlanish taqiqlangan. Qizil, yashil va ko'kka mumkin, sariqqa esa mumkin emas.
- Yashil, ko'k va qizil
Tushuntirish
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi: O'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.