Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:
- Yengil avtomobil, avtobus, tramvayYengil avtomobil birinchi bo'lib o'ta olmaydi: teng ahamiyatli chorrahada tramvay harakat yo'nalishidan qat'i nazar relssiz transport vositalaridan oldin o'tadi.
- Tramvay, avtobus, yengil avtomobilAvtobus yengil avtomobildan oldin o'tmaydi: avval tramvay o'tadi, relssiz mashinalar o'rtasida esa o'ngdan kelayotganga yo'l berish qoidasi bo'yicha yengil avtomobil o'tadi.
- Tramvay, yengil avtomobil, avtobus
Tushuntirish
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.