Mazkur svetoforning qizil yoritgichida harakat taqiqlanadi:
- Faqat bir qatordaReversiv svetofor «bir qator»ga emas, o'zi ustiga o'rnatilgan tasmaga ta'sir qiladi. Qizil X aynan shu tasma bo'ylab harakatlanishni taqiqlaydi.
- Qatnov qismining barcha kengligi bo'ylabQizil ishora butun qatnov qismida emas, faqat svetofor ostidagi tasmada harakatlanishni taqiqlaydi. Boshqa tasmalarda harakat boshqacha tartibga solinadi.
- Quvib o'tish bilanIshora tasmaga kirishni faqat quvib o'tish uchun emas, har qanday harakat uchun taqiqlaydi. Unda quvib o'tib ham, o'tmasdan ham yurib bo'lmaydi.
- Svetofor qaysi tasma ustiga joylashtirilgan bo'lsa, o'sha tasma bo'yicha
Tushuntirish
YHQ 7-bobi 35-bandiga asosan: Qatnov qismidagi harakat yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan tasmalarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X-simon qizil ishorali va pastga yo'nalgan yo'naltirgich ko'rinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo'llaniladi. Bu ishoralar qaysi tasma ustiga o'rnatilgan bo'lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi. Ikki tomoni 1.9 chizig'i bilan belgilangan tasma ustiga o'rnatilgan ishoralari o'chirilgan reversiv svetofor shu tasmaga kirishni taqiqlaydi.