Agar avtomobilning balandligi (yuki bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lsa, haydovchi:
- Avtoxo'jalik rahbaridan yurishga ruxsat olishi kerakAvtoxo'jalik rahbari 3.13 belgisini bekor qila olmaydi. Avtomobil balandligi ko'rsatilganidan ortiq bo'lsa, belgi ostidan o'tish taqiqlanadi, uning ruxsati hech narsani o'zgartirmaydi.
- DYHX xodimidan yurishga ruxsatnoma olishi kerakDYHX xodimi 3.13 belgisi ostidan o'tishga ruxsatnoma bermaydi. Ko'rsatilgan balandlikdan baland transport vositalarining harakati taqiqlangan, shuning uchun yo'l qismini aylanib o'tish kerak.
- Boshqa yo'nalish bo'yicha yo'l qismini aylanib o'tishi kerak
Tushuntirish
YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining o'n beshinchi xatboshisiga asosan: 3.13. «Cheklangan balandlik». Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.