Yotiq uzluksiz sariq chiziq «To'xtash taqiqlangan» belgisi bilan birga to'xtashga ruxsat etadi:
- Yo'lovchilarni tushiradigan barcha transport vositalarigaYo'lovchini tushirish alohida huquq bermaydi: 3.27 belgisi va 1.4 chizig'i oddiy avtomobillarga qisqa muddatga ham to'xtashni taqiqlaydi.
- Avtobuslarga va trolleybuslargaAvtobus va trolleybus turi bo'yicha emas, faqat yo'nalishli bo'lsa, ya'ni belgilangan marshrut bo'yicha qatnasa, to'xtashi mumkin.
- Avtobuslarga, trolleybuslarga va taksi avtomobillarigaTaksi yo'nalishli transport vositasi hisoblanmaydi, shuning uchun istisno unga taalluqli emas va to'xtashi taqiqlanadi.
- Faqat belgilangan yo'nalishdagi transport vositalariga
Tushuntirish
YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yo'l belgisi bilan qo'llaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yo'l chetidagi to'siq ustidan chiziladi. YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining o'ttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo'nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.