YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 476Bilet 24To‘xtash va to‘xtab turish

Qaysi avtomobil to'xtab turishga to'g'ri qo'yilgan?

Qaysi avtomobil to'xtab turishga to'g'ri qo'yilgan?
  1. Yengil avtomobilYengil avtomobil ham noto'g'ri turibdi: piyodalar o'tish joyida va undan oldin 10 metrdan kam masofada to'xtash va turish taqiqlanadi (91-band).
  2. Har ikkisi noto'g'ri qo'yilgan
  3. Har ikkisi to'g'ri qo'yilganIkkalasi ham to'g'ri bo'lishi mumkin emas: 3,5 tonnadan og'ir yuk avtomobili bir tomonlama yo'lning chap tomonida faqat yuk ortish-tushirish uchun to'xtaydi, yengil mashina esa o'tish joyida turibdi.
  4. Yuk avtomobiliFaqat yuk avtomobili emas, yengil avtomobil ham qoidani buzgan: piyodalar o'tish joyida va undan oldin 10 metrdan kam masofada turish mumkin emas.

Tushuntirish

YHQ 13-bobi 88-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ko'p bo'lgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yo'llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to'xtashlari mumkin. YHQ 13-bobi 91-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.

YHQ testini bepul yechish