Harakatni boshlashdan avval shaharlararo avtobus haydovchilari nima qilishlari kerak?
- Yo'lovchilarga halokat bo'lganda chiqish joylaridan foydalanish haqida tushuntirish
- Yo'lovchilarga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuntirishChiqish va tushish tartibini tushuntirish foydali, lekin shaharlararo avtobus haydovchisining asosiy vazifasi boshqa: yo'lga chiqishdan oldin avariya chiqish joylari haqida aytish. Yong'in yoki YTHda bu hayotni saqlab qoladi.
- Yo'lovchilarga harakatlanish vaqtida salon ichida yurishlari mumkun emasligi haqida tushuntirishHarakat vaqtida salonda yurmaslik haqida ogohlantirish o'rinli, lekin asosiy emas. Yo'lga chiqishdan oldin haydovchi avvalo avariya chiqish joylari: lyuklar, olinadigan oynalardan foydalanishni tushuntirishi kerak.
Tushuntirish
YHQ 26-bobi 155-bandiga asosan: Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo'lovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuncha berishi kerak. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo'lovchilarni xavfsiz tashish sharoiti ta'minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Izoh: Shaharlararo avtobuslarda tor yo'laklar, eshiklarning kichikligi va boshqalar bois yo'lovchilarning evakuatsiyasi qiyinlashishi mumkin. Bunday avtobuslarda eshiklarni ochish imkoni bo'lmasa, yo'lovchilarning avariya holatlarida evakuatsiya moslamalari mavjud bo'ladi (tomdagi lyuk, olinadigan oynalar va hokazo). Shaharlararo avtobus haydovchisi harakat boshlanishidan avval yo'lovchilarga zarurat tug'ilganda halokatli chiqishlardan foydalanish haqida tushuntirib berishlari lozim.