Ko'k avtomobil chorrahani nechanchi bo'lib kesib o'tadi?
- Birinchi bo'libKo'k avtomobil birinchi o'tmaydi: u chorrahadagi boshqa qatnashchilarga yo'l berishi kerak. U oxirgi bo'lib o'tadi.
- Ikkinchi bo'libKo'k avtomobil ikkinchi bo'lib o'tmaydi: uning oldida yo'l berishi kerak bo'lgan kamida ikkita qatnashchi bor. U oxirgi bo'lib o'tadi.
- Uchinchi bo'libUchinchi bo'lib o'tmaydi: undan oldin o'tish huquqiga ega yana bir qatnashchi qoladi. Ko'k avtomobil oxirgi bo'lib o'tadi.
- Oxirgi bo'lib
Tushuntirish
YHQ 16-bobi 106, 106-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga muvofiq, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.