Svetoforning bu ishorasida qaysi transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etilgan?
- Tramvay, sariq va qizil avtomobilgaTramvayga harakat ruxsat etilmagan: o'chirilgan qo'shimcha tarmoq o'z yo'nalishida harakatni taqiqlaydi. Bu tarmoq uning yo'nalishini ham tartibga soladi.
- Sariq va qizil avtomobillarga
- Barcha transport vositalarigaHammaga ruxsat berib bo'lmaydi: o'chirilgan qo'shimcha tarmoq o'zi tartibga solgan yo'nalishda harakatni taqiqlaydi. Shu sababli faqat sariq va qizil avtomobillar o'tadi.
Tushuntirish
YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo'l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.