Qatnov qismi tomonidan yo'lovchilarning tushishi va chiqishiga qaysi hollarda ruxsat etiladi?
- Transport vositasi majburiy to'xtagandaMajburiy to'xtash o'zi qatnov qismi tomondan tushirishga huquq bermaydi: avval trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan iloji bor-yo'qligi va xavfsizligini baholash kerak.
- Haydovchining hohishiga ko'ra shu shart bilanki, bu xavf-xatardan xoli bo'lsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasaHaydovchining xohishi yetarli emas. Qatnov qismi tomondan faqat trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan iloji bo'lmaganda va bu xavfsiz bo'lsagina ruxsat etiladi.
- Trotuar tomondan yoki yo'l yoqasidan iloji bo'lmasa shu shart bilanki, bu hol xavf-xatarsiz bo'lsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa
Tushuntirish
YHQ 5-bobi 23-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Yo'lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa yo'lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.