Qaysi transport vositasiga harakatlanish ruxsat etiladi?
- MototsiklgaMototsikl tartibga soluvchining ko'kragi yoki orqa tomonida turibdi, bu tomonlardan barcha transport vositalarining harakati taqiqlanadi.
- Yuk avtomobiligaYuk avtomobili chapga burilmoqda, tartibga soluvchining bu holatida esa faqat to'g'riga va o'ngga ruxsat etiladi, shuning uchun unga harakat taqiqlangan.
- AvtobusgaAvtobus tartibga soluvchining ko'kragi yoki orqa tomonida turibdi, bu yerda barcha transport vositalariga harakat taqiqlangan.
- Yengil avtomobilga
- Yengil va yuk avtomobillarigaYuk avtomobiliga harakat ruxsat etilmagan: u chapga burilmoqda, ruxsat esa faqat to'g'riga va o'ngga. Shuning uchun ikkala mashina varianti noto'g'ri.
Tushuntirish
YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi: Qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.