Haydovchi harakat tezligini tanlashda nimani hisobga olishi kerak?
- Harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati va holatiniHarakat serqatnovligi, transport vositasi va yuk xususiyati muhim, ammo bu omillarning bir qismi. Yo'l va ob-havo sharoiti hamda ko'rinishni ham hisobga olish kerak.
- Yo'l va ob-havo sharoitiniYo'l va ob-havo sharoiti omillarning faqat bir qismi. Harakat serqatnovligi, transport vositasi va yuk holati, ko'rinishni ham hisobga olish zarur.
- Barcha sanab o'tilgan omillarni
Tushuntirish
YHQ 11-bobi 77-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo'l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo'nalishidagi ko'rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishi kerak.