YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 311Bilet 16Xavfsiz boshqarish asoslari

Quruq yo'lda darhol to'xtash uchun nima qilish lozim?

  1. Ulagichni ajratish, shundan keyin darhol tormoz pedalini bosishUlagichni ajratsangiz, avtomobil inersiya bilan yuradi va dvigatel bilan tormozlash yo'qoladi. Keskin to'xtash uchun ulagich pedalini bosish kerak emas.
  2. Uzatmani almashtirish va tormoz pedalini keskin bosishUzatmani almashtirish va tormozni keskin bosish shart emas: g'ildiraklar qotib, avtomobil sirpanib ketishi mumkin. Tormozni kuchli, lekin silliq bosing, ulagichga tegmang.
  3. Tormoz pedalini ulagichni ajratmasdan bosish

Tushuntirish

Keskin tormoz berish – bu birdan paydo bo'lgan yoki kech ko'rib qolingan to'siqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yo'lda birdan paydo bo'lish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida o'zini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qo'lingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil g'ildiraklarini blokirovka qilman chunki g'ildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yo'lini qisqartirmaydi; harakatda to'xtab turish tormozini qo'llamang, chunki bu hol orqa g'ildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yo'lga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yo'qotmang.

YHQ testini bepul yechish