Ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Avtomobil haydovchisigaMototsiklga chapga burilish taqiqlangan: qo'shimcha tarmoqda faqat to'g'riga yo'naltirgich yonadi, o'chirilgan tarmoq esa o'z yo'nalishida harakatni taqiqlaydi. Tramvay esa to'g'ri yura oladi.
- Avtomobil va mototsikl haydovchisigaFaqat avtomobilga emas: to'g'riga yo'naltirgich tramvayga ham harakatlanishga ruxsat beradi. Mototsiklga esa chapga burilish mumkin emas, shuning uchun bu javob to'liq emas.
- Tramvay va avtomobil haydovchisiga
Tushuntirish
YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo'l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Svetoforning qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi