Bu yo'l chizig'i nimani bildiradi?
- Yakka 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakat qiluvchi ikki g'ildirakli mototsikllar, velosipedchilardan tashqari barcha transport vositalarini quvib o'tishni taqiqlovchi hududniBu chiziq quvib o'tish taqiqlangan hududni bildirmaydi. U faqat qatnov qismi torayishi yoki qarama-qarshi oqimlarni ajratuvchi yaxlit chiziq yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi.
- Qatnov qismining torayishiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganini
- Faqat belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari harakati uchun mo'ljallangan qatnov qismining bo'laginiBu chiziq marshrutli transport vositalari bo'lagini bildirmaydi. 1.19 chizig'i qatnov qismi torayishi yoki qarama-qarshi oqimlarni ajratuvchi chiziq yaqinligi haqida ogohlantiradi.
Tushuntirish
YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma uchinchi xatboshisiga asosan: 1.19 — qatnov qismining toraygan (shu yo'nalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 belgilari bilan qo'llanilishi mumkin.