Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:
- Tramvay va avtobus, yengil avtomobilTramvay va avtobus qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich bo'yicha yuradi va yengil avtomobilga yo'l berishi shart. Shuning uchun ular birinchi o'ta olmaydi.
- Tramvay, yengil avtomobil, avtobusTramvay qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich bo'yicha yuradi va yengil avtomobilga yo'l berishi kerak, shuning uchun birinchi bo'la olmaydi. Avtobus ham yo'l beradi, tramvay bilan bir-biriga xalaqit bermaydi.
- Yengil avtomobil, tramvay va avtobus
Tushuntirish
YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan: Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. YHQ 15-bobi 101-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmog'ining yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.