Toliqish haydovchining diqqati va e'tiboriga qanday ta'sir qiladi?
- Haydovchining diqqat va e'tiboriga ta'sir qilmaydiToliqish aynan ta'sir qiladi: organizm yuklamani kamaytirish kerakligini bildiradi, haydovchi esa favqulodda harakatlarga tayyorligini yo'qotadi.
- Haydovchining diqqat va e'tibori pasayadi
- Haydovchining diqqat va e'tibori oshadiToliqishda hushyorlik oshmaydi, aksincha kamayadi: haydovchi vaziyatni yomonroq payqaydi, kechroq javob beradi, shuning uchun YTH ehtimoli ortadi.
Tushuntirish
Toliqish haydovchining diqqati va e'tiboriga qanday ta'sir qiladi? Haydovchining diqqat va e'tiboriga ta'sir qilmaydi Toliqishning fiziologik mohiyati organizmning ish intensivligini kamaytirish yoki to'xtatish zarurligi hamda xabar berishdan iborat bo'lib, u charchash hissiyoti tarzida seziladi. Toliqish natijasida haydovchi favqulodda harakatlarga tayyorligini yo'qotadi, ya'ni yo'l transport hodisasi ehtimolini ko'payishiga olib keluvchi hushyorlik kamayishi yuzaga keladi. Psixologik nuqtai nazardan hushyorlik-bu markaziy nerv tizimining doimiy o'zgaruvchan yo'l - transport holatlariga nisbatan zarur, 02 vaqtida hamda to'g'ri harakatlarni kechiktirmay amalga oshirish uchun tayyorlik darajasidir.