YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 186Bilet 10Xavfsiz boshqarish asoslari

Ishchi tormozi to'satdan ishlamay qolganda avtomobilni qanday to'xtatish kerak?

Ishchi tormozi to'satdan ishlamay qolganda avtomobilni qanday to'xtatish kerak?
  1. Eng past uzatmaga o'tish, to'xtab turish tormozi bilan tormozlash. Zarur bo'lganda biron-bir to'siqdan foydalanish
  2. Ulagichni ajratish va to'xtab turish tormozi bilan keskin tormozlashUlagichni ajratib, to'xtab turish tormozi bilan keskin tormozlash noto'g'ri: ulagich ajralsa, dvigatel bilan tormozlash yo'qoladi, keskin tormozlash esa sirpanishga olib kelishi mumkin. Ulagichni ajratish tavsiya etilmaydi.

Tushuntirish

Ishlayotgan tormozning birdan ishdan chiqish holati alomatlari ko'p: avtomobil tezligi, to'xtab turish tormozining ishlash qobiliyati, harakat oqimining zichligi, yo'l kengligi, piyodalar, ko'kalamzorlashtirilgan joylar, qurilayotgan imoratlarning zichligi qarama-qarshi yo'nalishda kelayotgan transport vositalarining zichligi va boshqalar. Shuningdek ko'pgina to'xtamlarga kelish mumkin. Tormoz ishlamay qolganda nima qilish kerak? degan savolga barcha holatlarga to'g'ri keladigan javob berib bo'lmaydi. Shunday qilib, xavfli vaziyatda eng asosiy narsa bu: o'ziga ishonish va osoyishtalikni saqlash; kelib chiqqan holatni tezda baholash; inson hayotiga xavf-xatar solmaydigan va ziyon yetkazmaydigan qaror qabul qilish va qabul qilingan qarorni amalga oshirayotgan vaqtda vaziyatning o'zgarishi natijasida taktikani o'zgartirishga tayyor turish.

YHQ testini bepul yechish