Taqiqlovchi belgi yo'lning haydovchi to'xtagan qismiga ta'sir qiladimi?
- Ta'sir qiladi
- Ta'sir qilmaydi3.27 va shu guruhdagi taqiqlovchi belgilar o'rnatilgan joydan eng yaqin chorrahagacha amal qiladi. Yondosh hududlardan chiqish joylari va belgisiz ikkinchi darajali yo'llar ta'sirni to'xtatmaydi.
Tushuntirish
YHQ 1-ilovasi 3-Bo'limining qirq uchinchi xatboshisiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta'siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo'lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta'siri qiladi. Yondosh hududlardan yo'lga chiqish joylarida yoki yo'lning dala, o'rmon yo'llari va boshqa doimiy harakatlanish, o'tib ketish uchun mo'ljallanmagan yo'llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, bu belgilarning ta'siri yo'qolmaydi.