YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 130Bilet 7Nosozliklar va foydalanishga ruxsat

Yengil avtomobilda tumanga qarshi faralarning nechtasini o'rnatishga ruxsat etiladi?

  1. Ikkita
  2. To'rttaYengil avtomobilda to'rtta tumanga qarshi far o'rnatish mumkin emas: talabga ko'ra (YHQ 3-ilova) ikkita bo'lishi kerak, bitta far faqat mototsikl va mopedlarga tegishli.
  3. Haydovchining hohishiga ko'raFarlar soni haydovchining xohishiga emas, konstruksiya talablariga bog'liq. Yengil avtomobilga faqat ikkita tumanga qarshi far o'rnatiladi.

Tushuntirish

YHQ 3-ilovasi 3-bo'limining 3.1-bandiga asosan: Tashqi yoritqichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa foydalanish taqiqlanadi. Ishlab chiqarilishi to'xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini o'rnatishga ruxsat etiladi. Izoh: Mototsikl, mopedlar bitta, boshqa transport vositalari esa ikkita tumanga qarshi faralar bilan jihozlangan bo'lishi mumkin.

YHQ testini bepul yechish