YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 1274Bilet 64Nosozliklar va foydalanishga ruxsat

YPX xodimi qaysi holatda haydovchidan transport vositasidan tushishini talab qilishi mumkin?

  1. Haydovchi yo'l harakati qoidasini buzgan bo'lsaYHQ buzilishining o'zi kabinadan tushishni talab qilish huquqini bermaydi: to'xtatish va bayonnoma tuzish uchun bu shart emas. Tushishni aniq asoslar bo'lganda, masalan mastlikka shubha bo'lsa, so'raydi.
  2. Haydovchining mast holatda transport vositasini boshqaroyotganligini ko'rsatuvchi yetarli asoslar mavjud bo'lsa
  3. Sanab o'tilgan barcha hollardaBitta YHQ buzilishi kabinadan tushishni talab qilish uchun asos emas. Asos faqat aniq hollarda, masalan mastlikka shubha bo'lganda mavjud, shuning uchun «barcha hollarda» varianti to'g'ri emas.

Tushuntirish

YHQ 975 songa asosan: 13. Quyidagi hollarda YPX xodimi haydovchi yoki yo'lovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli: transport vositasidagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida; haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo'lganda; transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro'yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida; transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda; haydovchi yoki yo'lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda; haydovchining transport vositasi kabinasida bo'lishi yo'l harakati xavfsizligini taʼminlashga tahdid solishi mumkin bo'lgan hollarda (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori vositalari taʼsirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo'lganda). Jismoniy nuqsoni sababli haydovchining transport vositasi kabinasidan chiqish imkoniyati cheklangan holatlar bundan mustasno.

YHQ testini bepul yechish