YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 111Bilet 6To‘xtash va to‘xtab turish

Qaysi hollarda bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmasi bo'lgan yo'lda to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi?

  1. Ko'priklarda, estakadalarda va yo'l o'tkazgichdaKo'prik, estakada va yo'l o'tkazgich ustida to'xtash taqiqi to'g'ri, lekin yagona emas: ularning ostida ham, to'xtab turishga ruxsat beruvchi belgi bo'lmasa, to'xtash mumkin emas.
  2. Ko'priklar, estakadalar va yo'l o'tkazgich ostidaKo'prik va estakada ostida to'xtash taqiqi to'g'ri, lekin yagona emas: uchtadan kam tasmali yo'lda ularning ustida ham to'xtash taqiqlanadi.
  3. Sanab o'tilgan barcha hollarda

Tushuntirish

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: tramvay yo'llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan hollarda; temir yo'l kesishmalarida; tunnellarda; bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida; ko'prik, yo'l o'tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan to'xtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno);

YHQ testini bepul yechish