Qizil avtomobil haydovchisi qaysi yo'nalishlarda harakatlanishiga ruxsat berilgan?
- Faqat chapga5.8.1 belgisi chetki chap tasmadan faqat chapga burilishni emas, qayrilib olishni ham ruxsat etadi. «Faqat chapga» varianti to'liq emas: qayrilib olish ham mumkin.
- Chapga va qayrilib olishga
- To'g'riga va chapgaBu tasmadan to'g'riga harakatlanish ruxsat etilmagan. Tasmalar bo'yicha belgilar faqat ko'rsatilgan yo'nalishlarga ruxsat beradi, qolganlarini taqiqlaydi. Bu yerda chapga burilish va qayrilib olish mumkin.
Tushuntirish
YHQ 2 ilova: Yo'l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo'l belgilarining va yotiq yo'l chiziqlarining ma'nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yo'l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo'lmasa, haydovchilar yo'l belgilariga amal qilishlari kerak. YHQ 1 ilova: 5.8.1. “Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi”. Tasmalar soni va har biri bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishlari. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.