YHQ Test O‘zb Ўзб Рус
Savol 1073Bilet 54Quvib o‘tish va o‘zib ketish

Ushbu joyda quvib o'tishga ruxsat beriladimi?

Ushbu joyda quvib o'tishga ruxsat beriladimi?
  1. Ruxsat beriladiBu yerda qarama-qarshi oqimlarni ajratuvchi 1.1 yaxlit chiziq bor. Undan chiqish va quvib o'tish mumkin emas.
  2. Oldindagi transport vositasi tezligi 40km/s dan kam bo'lsaOldingi transport tezligi hech narsani o'zgartirmaydi. 1.1 yaxlit chiziq oldindagi transport sekin ketayotgan bo'lsa ham, qarama-qarshi bo'lakka chiqib quvib o'tishni taqiqlaydi.
  3. Taqiqlanadi

Tushuntirish

YHQ 2 ilova: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo'lagining chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi; YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda; ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o'tish joylarida; temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta'sir oralig'ida.

YHQ testini bepul yechish